«elektr energiyasi» tegli maqolalar
Kecha, 20:03 Iqtisodiyot
2027-yildan suvdan qarzdor iste’molchilarning elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklanadi
Qarzni undirish notarial yoki sud tartibida hal qilinadi. Bu tartib “Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Kecha, 11:48 Energetika
O‘zbekistonliklar quyosh energiyasini sotib 642,1 mlrd so‘m daromad oldi
Sentabrda 66,2 ming jismoniy shaxs elektr energiyasini yagona energiya tizimiga uzatgani uchun qariyb 100 mlrd so‘m subsidiya oldi.
Kecha, 10:32 Energetika
Elektr va gaz iste’moli uchun kompensatsiya to‘lash muddati 2028-yil aprelgacha uzaytirildi
Elektr va gaz iste’moli, ko‘mir xaridi hamda kommunal to‘lovlar uchun yordam tayinlashda oilalarning jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad chegarasi MIXning ikki baravarigacha oshiriladi.
22 oktabr 2026, 09:37 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon elektr energiyasi eksportini oshirib, importini qisqartirdi
To‘qqiz oyda eksport 3,4 mlrd kVt/soatga yoki 21,4% ga oshdi, import esa 1,9 mlrd kVt/soatgacha kamaydi.
19 oktabr 2026, 20:42 Energetika
Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minotida favqulodda uzilish yuz berdi
Aksa Toshkent IESdagi transformator himoya tizimi ishga tushishi natijasida stansiya quvvati 185 MVtgacha kamaygan. Natijada ayrim tumanlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
19 oktabr 2026, 11:20 Energetika
“Svet o‘chmaydi emas, o‘chadi” — Hududiy elektr tarmoqlari raisi rejali uzilishlar haqida
Kompaniya iste’molchilarni rejali elektr uzilishlari haqida oldindan ogohlantirish tizimini joriy etadi. U orqali aholiga uzilishlar haqida bir-ikki kun oldin xabar yuboriladi.
17 oktabr 2026, 16:14 Energetika
1
Nega bazaviy me’yor 500 emas, 350 kVt/soatga oshirilyapti? IMV izoh berdi
Bunga qishda elektr energiyasi iste’moli tahlili va kam ta’minlangan oilalar uchun mavjud imtiyozlar asos qilib olingan.
17 oktabr 2026, 14:44 Energetika
Aksa Enerji Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxdagi elektr tarmoqlarini boshqaruvga olmoqchi
Turkiya kompaniyasi ushbu uchta hududdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni bir hafta ichida imzolashni rejalashtirmoqda.
17 oktabr 2026, 11:34 Energetika
“Aholi tejamkorlikka o‘tdi”: Iqtisodiyot va moliya vazirligi — tariflar oshishining ta’siri haqida
2023−2025-yillarda bir abonentning o‘rtacha elektr energiyasi iste’moli 13% ga, gaz iste’moli esa 21% ga kamaydi.
16 oktabr 2026, 19:53 Energetika
Qishda rejali ta’mirlash ishlaridan tashqari holatlarda elektr uzilishlari kutilmayapti — Energetika vazirligi
Rejali uzilishlar elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq. Iste’molchilar bu haqda oldindan ogohlantiriladi.
16 oktabr 2026, 15:39 Energetika
Nasos stansiyalarini energiya tejamkor qilishga xususiy investitsiya jalb qilinadi
Soliq kodeksida energiya saqlash loyihalaridagi podstansiyalar, boshqaruv binolari va yordamchi infratuzilma uchun ham yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilishi aniq belgilanadi.
16 oktabr 2026, 15:36 Energetika
2050-yilgacha energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha Milliy bosh reja ishlab chiqiladi
Hujjatda elektr energiyasiga talabning o‘sishi, zarur infratuzilma va yangi quvvatlarni joylashtirish hududlari belgilanadi.
16 oktabr 2026, 15:27 Energetika
Energetikaga investitsiyalar jalb qilishda tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish ustuvor vazifa bo‘ladi — prezident
Loyihalarni amalga oshirishda ochiq raqobat va shaffof qoidalar ta’minlanadi.
15 oktabr 2026, 15:13 Energetika
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 825,3 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Joriy yilning to‘qqiz oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 2795 ta holat aniqlangan.
6 oktabr 2026, 19:51 Energetika
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt·soatga oshiriladi
Elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya muddati 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi. Bu orqali yiliga 470 ming oila qamrab olinadi.
3 oktabr 2026, 11:32 Energetika
O‘zbekistonda yil boshidan buyon gaz, neft, ko‘mir va gaz kondensati qazib olish kamaydi
Shu bilan birga, yanvar-avgust oylarida avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, elektr energiyasi va portlandsement ishlab chiqarish ko‘paydi.
30 sentabr 2026, 11:06 Biznes
O‘zbekistonda peshlavhalar uchun uch karra elektr energiyasi tarifi bekor qilinishi mumkin
O‘zgarishlar videoekranlar, elektron displeylar, mediafasadlar, illyuminatsiya va boshqa konstruksiyalarga taalluqli bo‘ladi.
30 sentabr 2026, 09:52 Iqtisodiyot
OIIB 2029-yilgacha O‘zbekistondagi loyihalarga $5 mlrdgacha mablag‘ ajratishi mumkin
Tomonlar kelgusi yillar uchun yangilangan uzoq muddatli investitsiya dasturi va $1,5 mlnlik grant bitimini imzoladilar.
29 sentabr 2026, 19:52 Energetika
O‘zbekistonliklar yil boshidan buyon quyosh energiyasini sotishdan 542 mlrd so‘m daromad oldi
Avgust oyida 61,5 ming jismoniy shaxs elektr energiyasini yagona energiya tizimiga uzatgani uchun 105 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya oldi.
26 sentabr 2026, 16:39 Energetika
1
Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar ishlab chiqiladi
Tabiiy gaz yetib borishi qiyin hududlarni elektrlashtirish uchun xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va tajribali konsultantlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.